"Barselona" futbolchisi PSJga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
28 iyul 2023, 19:55
"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele PSJga o'tishi kutilmoqda.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy pallada. PSJ 31 iyulga qadar futbolchi uchun ko'rsatilgan 50 mln evro tovon pulini to'lab, tarkibga tezroq olib kelishni istamoqda. 1 avgustdan keyini fransiyalikning tovon puli 100 mln evroga ko'tariladi.

Dembelega PSJ loyihasi yoqqan. Ammo u PSJdan ketishi kutilayotgan Kilian Mbappening o'rniga kelayotgani yo'q.

Dembele o'tgan mavsum LaLiganing 25 o'yinida 5 gol va 7 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport