"Barselona" futbolchisi "Milan" va "Vest Xem" nishonida

19 yanv 2021, 22:44
"Barselona" himoyachisi Xunior Firpo tez orada klubni tark etishi mumkin.

24 yoshli fubolchiga "Milan" va "Vest Xem" rahbariyati qiziqib qoldi, deya xabar tarqatdi ESPN. "Barsa" Firponi sotishga tayyor, o'yinchining o'zi ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida boshqa jamoa tarkibiga qo'shilishga qarshi emas.

"Rossonerilar" Firponi Teo Ernandesning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Ispaniyalik himoyachi La Liganing joriy mavsumida 4 ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN