

"Marca" nashrining takidlashicha, amerikalik Serjino Dest faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi ehtimoli katta. 21 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Barselona" Dest uchun 45 million evro ishlab olmoqchi, biroq "kanonirlar" kelishuvning dolzarbligini hisobga olib, uning qiymatini pasaytirishga umid qilishmoqda.
"Ko'k-anorranglilar" yangi o'yinchilarni taklif qilish uchun o'z o'yinchilarini sotishlariga to'g'ri keladi.
London klubidan tashqari Destga "Bavariya", "Chelsi" va "Ayaks" ham qiziqish bildirmoqda.
U ushbu mavsumda Ispaniya chempionatida 12 o'yin o'tkazib, 3 ta golga assistentlik qildi.



