"Barselona" Feliks uchun "Atletiko"ga 50 million evro to'lamoqchi emas

Nozimov Nig'monxo'ja
6 dek 2023, 09:27
“Barselona” futbol klubi rahbariyati “Atletiko”ga portugaliyalik hujumchi Joau Feliks transferi uchun katta miqdorda tovon to'lamoqchi emas, deb xabar bermoqda Sport.es.

Manba bergan xabarga ko'ra, "Barselona" futbolchining faoliyatini klubda davom ettirishini istamoqdayu Biroq kataloniyaliklar portugaliyalik uchun 70-50 million evro to'lashni istashmayapti.

23 yoshli futbolchi joriy mavsum "Barselona" safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 3 ta golli uzatma bor. Uning Madridliklar bilan 2027 yilga qadar bo'lgan shartnomasi bor.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com