"Barselona" Feliks transferini hozir amalga oshira olmaydi"

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyul 2023
"Barselona" "Atletiko Madrid" hujumchisi Joau Feliksni moliyaviy muammolar tufayli sotib ololmasligi mumkin.

Ispaniyalik mutaxassis Toni Xuanmarti ushbu vaziyatga izoh berib o'tdi.

"Moliyaviy jihatdan hozir "Barselona" Joau Feliks transferini amalga oshira olmaydi. Buning uchun klub o'z futbolchilari sotuvidan katta pul ishlashi zarur. Aks holda "Barselona"da o'ynashni orzu qilishini ma'lum qilgan Feliks "Ateltiko"da qolib kyetishiga to'g'ri keladi". 

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli futbolchi “Atletiko”ga 2019 yilda 126 million evro evaziga kelib qo'shilgandi. U madridliklar tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca