“Barselona” “El Klasiko”dagi hakamlik ustidan shikoyat qildi

Kataloniyaliklar rasman shikoyat yubordi.

“Barselona” La Liga 7-turi doirasida “Real”ga qarshi o'tgan o'yindagi bosh hakam Xuan Martines Manuera ustidan Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga rasmiy shikoyat yo'lladi. Ma'lum bo'lishicha, kataloniyaliklar o'yinda belgilangan penalti nohaq belgilandi deb hisoblamoqda. Bu shikoyat orqali klub 2020/21 yilgi mavsum VAR sabab yuzaga kelgan qarorlarning bir qancha tanqidlarga sabab bo'layotganiga futbol federatsiyasi e'tiborini qaratishga erishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, “Barselona”-“Real” uchrashuvida Kleman Langle o'z jarima maydonchasida Serxio Ramosni futbolkasidan tortgani uchun bosh hakam VAR'ga murojaat qilib, “Real” foydasiga penalti belgilagan edi.


Manba: Sport.es