“Barselona” Depay transferiga Umtitini qo'shishi mumkin

8 sen 2020, 07:17
“Lion” forvardi faoliyatini Kataloniyada davom ettirishi kutilmoqda.

Jurnalist Janluka di Marcio xabariga ko'ra, “Barselona” “Lion” hujumchisi Memfis Depayni qo'lga kiritish uchun himoyachi Samyuel Umtitini francuz klubiga berishga tayyor. Takidlanishicha, Depayning “Lion” bilan bir yillik shartnomasi qolgan. Shuning uchun kataloniyaliklar Umtiti va 20-25 mln evro atrofidagi mablag'ni to'lagan holda Depayni bemalol o'z safiga qo'shib olishi mumkinligi qayd etilgan.

Avvalroq 26 yoshli Memfisga “Roma”dan ham qiziqish borligi aytilgandi.

Ma'lumot uchun, Umtiti vaqtida “Lion”dan “Barselona” safiga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Dimarzio.com