"Barselona" "Chelsi"ning ikki futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
15 okt 2021, 10:16
"Chelsi" himoyachisi Sesar Aspilikueta Ispaniyaga qaytishi mumkin.

32 yoshli ispan uchun "Barselona" da'vogarlik qilmoqda.

Kataloniya klubi o'yinchi bilan kelasi yozda erkin agent bo'lganda shartnoma imzolamoqchi. "Barsa" shuningdek londonliklarning yana bir himoyachisiga qiziqmoqda - Andreas Kristensen.

Aspilikueta joriy mavsum 10ta o'yinda maydonga tushdi. Ispaniyalik futbolchi "Osasuna" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va bosh jamoada 2006-2010 yillar davomida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes