"Barselona" "Chelsi"ning bir yo'la uch futbolchisiga qiziqmoqda

Aziz Tukhtamuradov
6 may 2022, 09:37
"Barselona" "Chelsi"dan uch nafar futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, kataloniyaliklar Sesar Aspilikueta, Markos Alonso va Romelu Lukakuga qiziqish bildirishmoqda. 

Seshanba kuni "Barsa" direktori Mateu Alemani va prezident maslahatchisi Yordi Kroyff Londonga borgan. 

Agar "Bavariya"dan Robert Levandovski transferi amalga oshmasa Romelu Lukaku xarid qilinadi. Asosiy maqsad esa - Aspilikueta. "Chelsi" futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bandidan foydalandi, ammo uni sotishga qarshi emas. London klubidan noaniq vaziyat "Barsa" foydasiga ishlashi mumkin. 

Alonso esa APLdan kyetib, Ispaniyaga qaytmoqchi. "Barselona" varianti unga qiziq tuyulmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Diario Sport