"Barselona" "Real" xarid qilmoqchi bo'lgan Bundesliga to'purari bilan kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
13 fev 2019, 15:47
"Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovich faoliyatini LaLigada davom ettirishga yaqin turibdi.

Bundesliga to'purarlar jadvalida birinchi o'rinni egallab turgan Yovichga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi forvard bilan kelishib olgan. Ko'k-anorranglilar Yovichni yozda xarid qilmoqchi. "Ayntraxt" o'z futbolchisini 75 mln. evroga sotmoqchi.

Yovich joriy mavsum Bundesliganing 19ta uchrashuvida maydonga tushib, 14ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

Oldinroq, "Real" Yovich uchun 45 mln. evro taklif qilayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport