Yovich "Real"dan "Fiorentina"ga o'tishga nima undaganini aytdi

Alisher
13 iyul 2022
"Fiorentina" yangi o'yinchisi Luka Yovich "Real"dan italyan klubiga o'tishi haqida gapirdi.

"Fiorentina"ning bir qismiga aylanish imkoniyatini berganlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularning umidlarini oqlashimga umid qilaman. 

Jamoaning serbiyalik o'yinchilari Nastasich, Milenkovich va Terzich jamoa va murabbiy haqida juda ilik fikrlar bildirishdi, ularning fikricha, o'yinchi ular qo'l ostida kuchayadi", - deydi Yovich.

Yovich o'tgan mavsum Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca