

"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya chempionatidagi bo'lajak ikki o'yinda ochko yo'qotsa iste'foga chiqariladi.
Eslatib o'tamiz, Kataloniya klubi keyingi ikki o'yinini "Vilyarreal" (24 senyabr) va "Xetafe" (28 sentyabr)ga qarshi o'tkazadi.
55 yoshli mutaxassis "Barselona" bosh murabbiyligiga 2017 yildan kelgan.
Valverde "ko'k-anorranglilar"dan tashqari "Atletik", "Espanol", "Olimpiakos", "Vilyarreal" va "Valensiya" klublarida ishlagan.



