Barselona bir yilda 176ta gol urib klub rekordini yangiladi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2015, 20:30
Barselona futbolchilari bir kalendar yilida urilgan gollar soni bo'yicha yangi rekord qayd etishdi.

River Pleytga qarshi o'yinning 68-daqiqada Luis Suares tomonidan urilgan gol 2015 yilda Kataloniya klubi uchun 176-gol bo'ldi.

Oldingi rekordni Barselona 2012 yilda o'rnatgandi  - 175ta gol.

Ispan klublari orasida bu ikkinchi natija hisoblanadi. 2014 yil Madridning Real klubi 178 gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/MisterChiping