Barselona Atletik himoyachisi Laport uchun kurashmoqda

4 apr 2015, 00:05
Atletik himoyachisi Emerik Laport yana kataloniyaliklarning qiziqishlariga sabab bo'ldi.
"Barselona" Laportni yozda sotib olib, "Atletik"ga ijaraga qoldirishni maqsad qilishgan. Agarda ushbu kelishuv amalga oshmay qoladigan bo'lsa, unda kataloniyaliklar "Bavariya" himoyachisi Jerom Boatengni sotib olishga urinib ko'rishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Atletik" Laportni 42 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.

Manba: sports.ru