"Barselona" 35 mln. evrolik transfer borasida kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
16 may 2018, 15:39
"Barselona" "Sevilya" bilan markaziy himoyachi Klement Langle transferi borasida kelishuvga erishdi.

23 yoshli futbolchining transferi 35 mln. evro evaziga amalga oshishi mumkin.

Taxminlarga ko'ra, himoyachi ko'k-anorranglilar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Himoyachi 2017 yilning yanvarida "Nansi"dan "Sevilya"ga, 5 mln. evro evaziga o'tgan edi.

Joriy mavsum Langle "Sevilya" safida LaLiganing 34ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo