"Barsa" qishda Lyuk de Yongdan qutulmoqchi. Kumanning iste'fosidan so'ng unga ishonch bildirilmayapti

Alisher
28 okt 2021, 14:51
Hujumchi Lyuk de Yong qishki transfer oynasida "Barselona"dan ketishi mumkin.

31 yoshli o'yinchining transferini talab qilgan murabbiy Ronald Kuman iste'foga chiqarilganidan so'ng, hujumchi ortiq "ko'k-anorranglilar"ning rejalariga kirmaydi.

Kataloniyaliklar yanvarda niderlandiyalik futbolchining boshqa klubga o'tishini taminlab berishadi.

"Barselona" de Yongni yozda "Sevilya"dan bir mavsumga ijaraga olgandi. Qoidaga ko'ra, futbolchi mavsum davomida uchta jamoada o'ynay olmaydi, ammo de Yong bu yili "Sevilya" tarkibida umuman o'yin o'tkazmadi, shu sabab transfer barcha tomonlarning kelishuviga ko'ra amalga oshishi mumkin.

Forvard "Barselona" tarkibida 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport