"Barsa" Lautaro uchun 60 million evro va yana ikki futbolchisini qo'shib bermoqchi

Sherzod Nurmatov
14 may 2020, 22:58
"Barselona" "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesni sotib olishga jiddiy bel bog'lagan.

Transfer yaqin fursatlarda ijobiy hal etilishi mumkin. Milan klubi may oyidayoq "Barselona" bilan kelishuvga erishish istagida.

Shu bilan birga, "Inter" Lautaro jamoada qolmasligini sezib turibdi, chunki moliyaviy kelishmovchilik tufayli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish imkonsiz.

Diario Sport xabariga ko'ra, muzokaralardagi eng katta to'siq - bu "Barselona" Lautaro uchun taklif etayotgan summa. 

Kataloniya klubi kelishuv amalga oshishi uchun 60 million evrodan tashqari yana ikki o'yinchisini taklif qilmoqda, ammo "Inter" ko'proq pul olishni xohlamoqda.

"Inter" allaqachon Lautaro o'rniga kelishi kutilayotgan nomzodlar bilan muzokaralarni boshlagan. Ular Timo Verner ("Leyptsig") va Per-Emerik Obameyang ("Arsenal")dir. Biroq, muzokaralar yakuniy bosqichga o'tishi uchun "Inter"ga pul zarur.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport