Barmog'i singan Klishin uchrashuvni oxirigacha davom ettirdi

Aslanov Jasurbek
8 apr 2017, 12:58
Kecha "Olmaliq" O'zbekiston chempionatining 5-turida Qarshining "Nasaf" klubini qabul qildi.

Bahs 1:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu gol Kamoliddin Murzoev hisobiga yozildi.

Ikkinchi bo'limning oxirgi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushgan "Olmaliq" futbolchisi Viktor Klishin to'p uchun kurash vaqtida barmog'ini sindirib oldi.


Klishin o'z jamoasiga pand berishni istamay, jarohat tufayli o'yinni yakunlashni xohlamadi. Klub shifokori vaziyatni tushunib, bilimini ishga solgan holda hujumchining barmog'ini joyiga solib qo'ydi. 2-3 daqiqadan so'ng uchrashuv yakunlandi va Klishinning harakatlari jamoasiga kichik bo'lsada foyda keltirdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia