Barchasi hal! Sarri bugunoq "Yuventus"ga bosh murabbiy bo'ladi

Mirjalol Normatov
15 iyun 2019, 00:55
"Chelsi" ustozi Mauricio Sarri bugun "Yuventus" bosh murabbiyi bo'ladi.

"Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, mutaxassis kecha, 14 iyun kuni klub sport direktori Fabio Paratichi bilan uchrashgan va unda tomonlar 2+1 ko'rinishidagi shartnomaga kelishib olishgan. Sarri bugun, 15 iyun kuni "Yuventus" bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.

Oldinroq Sarri klubda yiliga 6-7 million evro maosh olishi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia