Bahodir Nasimov: "Turkiya va arab klublaridan taklif bor"

Narzulla Saydullayev
1 iyul 2014, 13:15
Ozarboyjonning "Neftchi" klubida to'rt yil to'p tepgan hamyurtimiz Bahodir Nasimov faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qaror qildi.
- Klub bilan o'rtamizda tuzilgan shartnoma o'z yakuniga etdi, deydi Nasimov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.

- "Neftchi" menga shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif bilan chiqdi. Lekin bitta klubda to'rt yil to'p tepdim. Shu sababli bokuliklar bilan shartnomani uzaytirmadim. Bu klubda o'tkazgan yillarimdan umuman afsuslanmayman. Men uchun juda foydali davr bo'ldi.

- Hozircha 5-6ta variantlar bor. Bu borada agentim shug'ullanmoqda. Biz uchun qaysi biri qulay bo'lsa o'shani tanlaymiz. Ozarboyjon klublaridan taklif bor. Bundan tashqari Turkiya va arab jamoalarida ham chorlovlar mavjud.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia