BAA chempionati. Shabab Al Ahli mehmonda mag'lub bo'ldi. G'aniev zaxiradan maydonga tushdi va assist qayd etdi
Khoja
18 apr 2024, 07:37
Kecha BAA chempionatining 19-turida Al Nasr Shabab Al Ahlini mehmon qildi.
Uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Mehmonlar safida Azizbek G'aniev uchrashuvga 71-daqiqada maydonga tushdi va 85-daqiqada Dabbur tomonidan kiritilgan golga assist qayd etdi.