BAA chempionati. "Shabab Al-Ahli" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi, Azizjon G'anievning goli avtogol sifatida yozildi

Mirjalol Normatov
18 avg 2023, 23:59
BAAda ham mamlakat chempionati start oldi.

Ilk turda hamyurtimiz Azizjon G'aniev harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasi safarda "Ayman" mehmoni bo'ldi va 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. E'tiborlisi, bahsning birinchi bo'limi yakunlarida Azizjon G'anievning zarbasi raqibga tegib, darvoza to'ridan o'rin oldi. Ushbu gol hamyurtimiz hisobiga emas, balki, avtogol sifatida yozildi.

Bahsda G'aniev to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

"Ayman" - "Shabab Al-Ahli" 0:3

Gollar: Harib Abdalla (13), Nodir Gnadri (45-avtogol), Igor Jesus (67-penalti).

Ogohlantirish: Nodir Abdulhodi (30), Nodir Gnadri (45), Muhammad Ismoil (50), Anas Mittachi (66) - Muhammad Marzuq (45+4), Hassan Tariq (59).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia