

Ilk turda hamyurtimiz Azizjon G'aniev harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasi safarda "Ayman" mehmoni bo'ldi va 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. E'tiborlisi, bahsning birinchi bo'limi yakunlarida Azizjon G'anievning zarbasi raqibga tegib, darvoza to'ridan o'rin oldi. Ushbu gol hamyurtimiz hisobiga emas, balki, avtogol sifatida yozildi.
Bahsda G'aniev to'liq 90 daqiqa harakat qildi.
"Ayman" - "Shabab Al-Ahli" 0:3
Gollar: Harib Abdalla (13), Nodir Gnadri (45-avtogol), Igor Jesus (67-penalti).
Ogohlantirish: Nodir Abdulhodi (30), Nodir Gnadri (45), Muhammad Ismoil (50), Anas Mittachi (66) - Muhammad Marzuq (45+4), Hassan Tariq (59).



