

Ushbu bahsda Eron terma jamoasi forvardi Sardor Azmun hamda temiryo'lchilar xavbeki Aleksey Miranchuk o'z hisoblariga ikkitadan gol yozib qo'yishdi. Shu tariqa, ular superkubokda dubl qayd etgan uchinchi hamda to'rtinchi futbolchiga aylanishdi.
Avvalroq, bunday natijaga SSKAning sobiq a'zolari yaponiyalik Keysuke Honda (2013) va braziliyalik Jo (2007) erishgandi.




