Aziz To'xtaboev "Neftchi"da

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2014, 14:01
Farg'onaliklar o'z tarkibini mahoratli o'yinchi bilan kuchaytirib olmoqchi.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, oxirgi yillarda birinchi liga a'zosi "Qo'qon-1912"da o'ynab kelayotgan Aziz To'xtaboev kuni-kecha "Neftchi" yig'iniga borib qo'shilgan va jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Qo'qonliklarning pleymeykeri sanalgan futbolchi birinchi bosqichda katta hajmdagi ishni bajargandi. Shu bis yetakchi futbolchini "Neftchi" o'z safiga chorladi. Lekin bu ikkinchi davrani futbolchi farg'onaliklar tarkibida o'tkazadi degani emas. Bu masala yaqin kunlar davomida aniq bo'ladi.

Aytish lozimki, To'xtaboev birinchi bosqichda o'z hisobiga 5ta gol yozdirib qo'ydi.

Narzulla SaydullayevMuallif