Aziz Ibragimov: "Tayyorgarlik tog'da davom etyapti"

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2014, 16:47
O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Aziz Ibragimovning Chexiya 1-divizioni vakili "Dinamo Budeyovici" klubi sharafini himoya qilayotgani haqida xabar bergan edik.
Jamoa bilan ikki yillik (yana bir yilga uzaytirish imkoni bilan) shartnoma imzolagan Ibragimov ayni kunlarda o'z klubi tarkibida ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'ryapti.

Jamoamiz shu kunlarda poytaxt Pragadan 150 km uzoqlikda joylashgan Yablonica shahrida ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rmoqda. Yablonica tog'li hududda joylashgan. Tabiiyki, asosiy e'tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan. Mashg'ulotlar ham shu asosda olib borilyapti. Klub rahbariyati braziliyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, ayni paytda Xorvatiya va bosniyalik legioner futbolchilar ham ko'rikdan o'tishmoqda, - deydi "SA"ga bergan maxsus intervyusida Aziz Ibragimov.

Takidlash joizki, Chexiya futbolining afsonasi Karel Poborski "Dinamo Cheshskie Budeyovici" klubining bosh direktori hisoblanadi. Ibragimov uchun bu uchinchi Chexiya klubidir. Bunga qadar u "Banik Most" hamda "Bogemians" jamoalari sharafini ham himoya qilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia