Aziz Haydarov jarohatidan qutuldi, "Al Shabab" g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2014, 13:45
Kecha BAA pro ligasi 15-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al Shabab" klubi o'z uyida "Sharja"ni qabul qilib 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Jarohati bois o'tgan o'yinlarni o'tkazib yuborgan Haydarov kechagi o'yin qaydnomasiga kiritildi va zaxiradan o'yinni kuzatdi. Bundan kelib chiqadiki o'zbekistonlik futbolchi jarohatidan qutulgan.

"Shabab" 15ta o'yindan 30 ochko to'plab musobaqa jadvalining 2-pog'onasida bormoqda. Klub navbatdagi o'yinni 24 yanvar kuni safarda "Al Jazira"ga qarshi o'tkazadi.

"Al Shabab" - "Sharja" 2:0
Gollar
: Villanueva 33, 40.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia