Aziz Haydarov maydonga qaytdi, Qilichev sariq kartochka oldi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2014, 09:59
Kecha BAA pro-ligasida 16-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Biz e'tiboringizni hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga tortamiz.
Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al Shabab" klubi safarda "Al Jazira"ga maydonga tushdi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Biz uchun quvonarlisi o'tgan turlarni jarohati tufayli o'tkazib yuborgan Haydarov safga qaytgan. Kechagi bahsda u to'liq o'ynadi. "Shabab" ayni paytda 30 ochko bilan musobaqa jadvalining uchinchi pog'onasida bormoqda. Klub navbatdagi o'yinni 6 fevral kuni o'z uyida "Al Vasl"ga qarshi o'tkazadi.

"Al Jazira" - "Al Shabab" 1:0
Gol:
Xyung Min Shin 45+1.


Oybek Qilichev faoliyat olib borayotgan "Al Shaab" klubi ham safarda 0:1 hisobida yuqazib qo'ydi. Hamyurtimiz "Al Vasl"ga qarshi o'yinning 56-daqiqasida sariq kartochka olgan va 70-daqiqasida boshqa futbolchiga almashtirilgan. "Shaab" 16ta turdan so'ng 10 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda. Jamoa endi 7 fevral kuni o'z uyida "Al Ahli" bilan o'ynaydi.

"Al Vasl" - "Al Shaab" 1:0
Gol:
Muhammad Nosir 87.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia