Azarning maoshi anchagina oshadi

Mirjalol Normatov
17 okt 2018, 19:42
"Chelsi" rahbariyati vinger Eden Azar bilan yangi shartnoma imzolashga harakat qilmoqda.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "aristokratlar" futbolchining maoshini yiliga 18 mln funt qilib belgilashgan. "Stemford"dagilar bu narxga futbolchi qolishi uchun etarlicha deb hisoblashmoqda.

"Chelsi" Azarni 2012 yilda "Lill"dan sotib olgandi. O'shandan buyon belgiyalik "ko'klar" tarkibida 310 o'yinda qatnashdi va 97 gol urib, 78 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport