Azar operaciya qilindi va endi 3 oy maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2017, 23:03
Belgiya terma jamoasi hamda Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar jarrohlik stoliga yotdi.

Uning tovoni operaciya qilindi. Shifokorlarning aytishicha, Azar taxminan 3 oydan so'ng safga qaytadi.

“Operaciya muvaffaqiyatli o'tdi. O'zimni yaxshi xis qilyapman. Tez orada muolajalar boshlanadi. Yanada kuchli futbolchi bo'lib qaytishga harakat qilaman. Hammaga rahmat”, - deya o'zining “Tvitter”dagi sahifasida xabar qoldirgan Azar.


Ma'lumot uchun, Eden Azar Belgiya terma jamoasi mashg'ulotida jarohat orttirib olgan. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif