Azar 2 martgacha jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shilishi kutilgandi, ammo ...

Eldor Akmurzayev
2 mar 2021, 20:55
AS manbasiga ko'ra, “Real” vingeri Eden Azarning jarohatidan tiklanish jarayoni cho'zilmoqda.

Belgiyalik klub bazasida yakka tartibda mashg'ulot o'tkazmoqda. 3 fevral kuni mushaklarini jarohatlab olgan Azar 3-4 hafta ichida sog'ayishi aytilgandi, ammo uning safga qaytishi keyinga suriladigan bo'ldi.

“Real” shifokorlari 30 yoshli futbolchini 2 martga qadar umumiy guruh mashg'ulotlarida qisman ishlay olishini taxmin qilishgandi.

U joriy mavsum La Ligada 8 o'yinda maydonga tushib, 2+1 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS