Azamat Isroilov: "Terma jamoada o'ynash - vatan shanini himoya qilish"

Tolibjon Qosimov
23 iyul 2014, 12:29
Kecha Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi terma jamoamiz oliy liga vakili "Navbahor" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazganidan xabaringiz bor.
O'yindan so'ng terma jamoaga ilk bor chaqirilgan "Olmaliq" himoyachisi Azamat Isroilovdan fikr oldik.

- Bugungi o'yindan taassurotlar yaxshi, o'zimizning ijobiy taraflarimizni ko'rsata oldik. Mashg'ulotlar ham ko'ngildagidek davom etmoqda, murabbiy ko'rsatmalarini imkon qadar bajarishga harakat qilayapmiz.

Terma jamoadagi mas'uliyat esa juda yuqori bo'ladi, terma jamoada o'ynash - vatan shanini himoya qilish. Shuning uchun ham bor kuchimiz bilan harakat qilayapmiz, - deydi Isroilov.


Tolibjon Qosimov yozib oldi

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia