Ayollar o'rtasidagi JCH-2015. AQSH - uch karra chempion

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2015
Kanadada bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi jahon chempionati finalida AQSH terma jamoasi Yaponiyani yirik hisobda mag'lub etdi (5:2).
Ayollar o'rtasidagi JCH-2015

Final
AQSH – Yaponiya – 5:2 (4:1)
Gollar:
1:0 – Lloyd (3). 2:0 – Lloyd (5). 3:0 – Xolidey (14). 4:0 – Lloyd (16). 4:1 – Ogimi (27). 4:2 – Djonston (52, avtogol). 5:2 – Xit (54).

AQSH terma jamoasi uchinchi bor jahon chempioni bo'ldi va rekordchiga aylandi. Germaniya hisobida ikkita g'alaba bor.

Eslatib o'tamiz, 3-o'rin uchun bahsda Angliya Germaniyani penaltilar seriyasida mag'lub etdi (0:0, 1:0).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru