Ayollar o'rtasidagi JCH-2019. Ilk finalchi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
3 iyul 2019, 01:55
Italiyada davom etayotgan ayollar o'rtasidagi sakkizinchi jahon chempionatining birinchi yarim finalida Angliya termasi musobaqaning amaldagi hamda eng ko'p (3ta) titul sohibi bo'lgan AQSHga qarshi to'qnash keldi.

Uchrashuvda Fil Nevill shogirdlari 1:2 hisobida raqiblariga imkoniyatni boy berishdi. AQSH safida g'alaba to'pini bugun 30 yoshini nishonlayotgan terma jamoa sardori Aleks Morgan urgan. Shu tariqa amerikaliklar finalning ilk ishtirokchisiga aylanishdi. Ularning raqiblari esa ertaga Gollandiya – Shvetsiya bahsidan so'ng ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia