"Ayntraxt", "Benfika" va "Inter Mayami" Gyotcega qiziqmoqda

Alisher
18 iyun 2022
PSV yarim himoyachisi Mario Gyotce faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 30 yoshli nemis uchun bosh davogar "Ayntraxt" hisoblanadi.

O'yinchiga shuningdek "Benfika" va "Inter Mayami" ham qiziqmoqda. Barcha klublar 4 million evro miqdoridagi tovon puli bandini faollashtirishga tayyor.

Gyotce 2021/22 yilgi mavsum PSV tarkibida 52ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 11ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano