"Ayaks" o'z tarixida 36-marta Niderlandiya chempioni bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
12 may 2022, 08:29
"Ayaks" navbatdagi chempionlikni naqd qildi.

Jamoa o'z tarixida 36-marotaba mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. 

Erik ten Xag jamoasi chempionat tugashiga bir tur qolganida "Xerenven"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi. 

Amstyerdamliklar ketma-ket uchinchi yil musobaqa g'olibiga aylanishdi. 

36 ta chempionlik - mamlakat rekordi hisoblanadi. Bu borada ikkinchi natijani 24 marta oltin medalni qo'lga kiritgan PSV qayd etmoqda. 

Eslatib o'tamiz, "Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag kelasi mavsumdan boshlab "Manchester Yunayted"ni boshqaradi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia