"Ayaks" bosh murabbiyi Niderlandiya terma jamoasini boshqarishga tayyor emas

Alisher
7 iyul 2021, 10:27
Niderlandiya futbol federatsiyasi (KNVB) milliy jamoa uchun yangi murabbiy qidirishni davom ettirmoqda.

"Ayaks" ustozi Erik Ten Xag bunday variantni ko'rib chiqishga tayyor emasligini aytdi.

"Yaxshi bo'lardi, ammo bu hozirda imkonsiz. "Ayaks"daman va shartnomamni 2023 yilga qadar uzaytirdim. Ammo, kim ham bir bor bo'lsa ham milliy jamoani shug'ullantirishni xohlamaydi?", - deydi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Ten Xag 2017 yildan beri Amstyerdam klubini boshqaradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN