Audi Cup-2019 o'rtoqlik turnirida 4ta jamoa qatnashadi

Eldor Akmurzayev
29 apr 2019, 22:40
Bavariya mutasaddilari Audi Cup-2019 mavsumoldi o'rtoqlik turnirida qaysi jamoalar qatnashishini e'lon qildi.

Unda myunxenliklar bilan birgalikda Real, Fenerbaxche hamda Tottenxem ishtirok etadi. Kichik turnirning ilk o'yinlari 30-31-iyulga belgilangan. Yarim finalda Real klubi Tottenxem bilan uchrashsa, “Bavariyaʼ Turkiyanining Fenerbaxche jamoasi bilan to'qnash keladi. Hal qiluvchi o'yin va uchinchi o'rin uchun bahs avgustning boshlarida bo'lib o'tadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBayernEN