“Atletiko”ning “Real”ga qarshi o'yinlardagi omadsiz seriyasi yakunlandi

Eldor Akmurzayev
9 may 2022, 08:25
La Liga 35-turida “Atletiko” o'z maydonida “Real”dan minimal hisobda (1:0) ustun keldi.

“Matraschilar” 2018 yildan beri ilk bor “qirollik klubi”ni taslim etishga erishdi. Muvaffaqiyatsiz seriya 8 o'yindan beri davom etib kelayotgandi. Oxirgi g'alaba esa 2018 yil UEFA Superkubogi uchun bahsda (4:2) qo'lga kiritilgan.

Ispaniya chempionati doirasida esa “Atletiko” 2016 yil fevralidan beri birinchi marotaba hamshaharini taslim etishga erishdi. Shu tariqa, 11 o'yinlik g'alabasiz seriya ham o'z nihoyasiga etdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru