"Atletiko"ning bir nechta futbolchisi yanvarda sotiladi

Sherzod Nurmatov
4 noya 2022, 17:36
Madrid klubi Yevropa miqyosidagi turnirlarni tark etganidan keyin bir qator o'yinchilarini qishda sotib yubormoqchi.

O'tgan haftada "matraschilar" Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan chiqa olmasligi ma'lum bo'lib qolgan edi. Jamoa o'rin olgan guruhda seshanba kuni oxirgi bahsini o'tkazdi va hatto Yevropa Ligasi yo'llanmasidan ham quruq qoldi. Klub egalarining hisob-kitoblariga ko'ra, klublar o'rtasidagi qitaning top-musobaqalarini erta tark etish 20 mln evrogacha bo'lgan daromaddan ayiradi. Yevropa Ligasi finaliga chiqish klubga 10 mln evro olib kelishi mumkin edi. 

"Atletiko" yozda hujumchi Alvaro Morata va yarim himoyachi Saul Nigesning transferlari orqali 40 mln evro ishlab olmoqchi edi. Biroq ularning hech biri jamoani tark etmadi. Endi klub bu o'yinchilarni tarkibdan chiqarib yuborib, yanvardagi transferlarga hozirlaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo