“Atletiko”ni superklub darajasiga olib chiqqan sakkiz inson

Narzulla Saydullayev
12 mar 2014, 20:41
Madridning “Atletiko” klubi so'nggi 2-3 yildan beri Yevropaning grand jamoalariga haqiqiy bosh og'rig'i bo'lmoqda.
Bu yilgi Yevropa Chempionlar ligasida ham “matraschilar” dahshatli ko'rinishyapti.

Kecha oqshom “yo'ldan” Italiyaning “Milan” klubi olib tashlandi. Endigi navbat kimga ekan?

Quyidagi fotosuratlar orqali “Atletiko”ni superklub darajasiga ko'tara olgan sakkiz inson bilan tanishishingiz mumkin.

Gabi (markazda) – “Atletiko” sardori, “Milan”ni “tor-mor” etilishida bu futbolchining xissasi katta bo'ldi

Diego Kosta – “Atletiko”ning eng mashhur futbolchisi 

Tibo Kurtua - u o'zini dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri deb hisoblaydi

Diego Godin - "Atletiko"ning mustahkam himoya qo'rg'oni

Arda Turan - turkiyalik futbolchini "soqol"i mashhur qildi

Filipe Luis - bu chap qanot himoyachisiga superklublar da'vogarlik qilishyapti

Koke – "Atletiko"da Diego Kosta uchun personal ishlaydigan pleymeker

Diego Simeone - "Atletiko"ni hozirgi darajasiga chiqishida bu inson alohida o'ringa ega



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com