"Atletiko" sardori Xamesga "Real"da omad tilamaydi

Alisher
30 iyul 2019, 18:10
"Atletiko" sardori Koke "Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesning "matraschilar"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

"Xames - "Real" o'yinchisi. U ajoyib futbolchi, ammo biz nima bo'lishini bilmaymiz. Agar u bizning jamoaga o'tsa, zo'r bo'lar edi, ammo hozirgi jamoasida unga omad tilamayman. Bizda ishtiyoq va kuchga to'la yangi futbolchilar bor. Ushbu futbolchilar bilan ko'p yutuqlarga erishamiz deb o'ylayman", - deydi Koke.

Oldinroq, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres "Atletiko"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng Xamesni "matraschilar"ga sotishni xohlamayotganligi haqida xabarlar yangragan edi.

"Atletiko" esa yakunlangan mavsum La Ligada 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Klub amaldagi UEFA superkubogi sohibi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo