"Atletiko" o'z muxlislarining xohishiga ko'ra eski logotipiga qaytadi

Administrator
30 iyun 2023, 19:57
Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

"Atletiko Madrid" klubi o'zining eski logotipiga qaytadi. Klub bu qarorga muxlislar ovoz bergan so'rovnoma natijalaridan so'ng kelgan. So'rovnomada 138881 nafar "Atletiko" muxlisi qatnashdi. Ularning 88,68% qismi eski logotipga ovoz bergan. Endi "Atletiko Madrid" klubi 2024-2025 yilgi mavsumdan (2024 yilning 1 iyul sanasidan) boshlab o'zining eski ramzida harakat qiladi. Qayd etish joizki, klub taqdim qilgan logo eski logodan kichik farqqa ega – sariq xoshiya olib tashlangan.  

Hozirgi logotip:

2024 yilda yangilanadigan logotip:

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" 2017 yilda o'zining yangi logotipini e'lon qilgandi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://www.atleticodemadrid.com/