“Atletiko” Kavani bo'yicha muzokaralarni boshladi

10 apr 2020, 08:18
Madridliklar Edinson o'z safiga chorlamoqda.

“Atletiko” PSJ hujumchisi Edinson Kavani transferi yuzasidan futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshladi. Kavani yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Diego Kosta o'rnini egallaydi.

Kavani mavsum so'ngida erkin agentga aylanadi. Futbolchining o'zi ham Madridga ko'chib o'tish niyatida.

Joriy mavsum futbolchi Liga 1 doiraisda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS.com