"Atletiko" Kamara bilan shartnoma imzolash uchun poygada yetakchi. "Marsel" xavbeki yozda erkin agentga aylanadi

Alisher
10 mar 2022, 17:16
"Atletiko" "Marsel" yarim himoyachisi Bubakar Kamaraga qiziqmoqda.

Madrid klubi 22 yoshli fransiyalik futbolchi uchun poygada yetakchilik qilmoqda. Tomonlar og'zaki kelishuvga erishishdi.

Qayd etish kerakki, "Atletiko" "Marsel"ga yarim himoyachining transferi borasida qishki transfer oynasining so'nggi soatlarida taklif yuborgan edi, ammo rad javobini oldi.

Kamaraga shuningdek "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.

Kamara joriy mavsum "Marsel" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Himoyachining francuz klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato