"Atletiko" himoyachisi kasalxonaga tushib qoldi

Aslanov Jasurbek
15 sen 2018, 14:52
"Atletiko" himoyachisi Lukas Ernandes kasalxonaga tushib qoldi va "Eybar"ga qarshi LaLiganing 4-tur uchrashuvida maydonga tusha olmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi ko'richak ehtimoli bilan kasalxonaga etkazilgan. Ernandes yo'qligi tufayli "Atletiko"ning o'yin uchun qaydnomasida 15 kishi qoldi.

"Atletiko" - "Eybar" uchrashuvi bugun "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca