Lukas Eranandes jarohat tufayli JCH bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
23 noya 2022, 15:07
Fransiya terma jamoasi futbolchisi Lukas Ernandes Avstraliyaga qarshi o'yinda tizzasidan jarohatlandi.

Himoyachi Qatardagi Jahon chempionati birinchi o'yinida Mettyu Leki (Avstraliya) bilan to'qnashib ketdi  va tizzasidan jarohat olib maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi. Ushbu jarohat amaldagi jahon chempionlari uchun navbatdagi zarba bo'ldi. Fransiya turnirga tayyorgarlik jarayonida bir nechta futbolchilari, jumladan, asosiy hujumchi Karim Benzemani ham yo'qotdi.

Terma jamoa ustozi Dide Desham Fransiya futbol federatsiyasining 26 yoshli futbolchining jarohat olganini tasdiqlovchi bayonotida bu borada qisqacha fikr bildirdi: 

"Butun guruh, futbolchilar va xodimlar kabi Lukas uchun juda afsusdaman. Biz muhim o'yinchilardan birini yo'qotdik. Lukas – jangchi. Uni yaxshi bilaman, jasur futbolchi. Jamoa nomidan unga shifo tilayman".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic