“Atletiko” futbolchisi sudlandi va jazosini oldi

Aslanov Jasurbek
27 fev 2017, 23:25
Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Lukas Ernandes sud qaroriga ko'ra jazoga mahkum etildi.

Ernandes qiz o'rtog'ini do'pposlaganlikda ayblangan edi. Sud ishni ko'rib chiqib, futbolchini bir oylik jamoa ishlariga yo'naltirdi.

Bundan tashqari, u 6 oy mobaynida o'zi qo'l ko'targan qiz bilan uchrasha olmaydi. Yosh himoyachi joriy mavsumda “Atletiko” libosida 14ta o'yinda maydonga tushdi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: isport.ua