"Atletiko" "Arsenal" o'yinchisini ijaraga oldi

Alisher
6 okt 2020, 10:37
Lukas Torreyra "Arsenal"dan "Atletiko"ga o'tdi.

Madridliklar 24 yoshli urugvaylik futbolchini mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishdi. Klublar bitimning detallari haqida ma'lumot bermayapti.

Oldinroq, "Atletiko"dan yarim himoyachi Tomas Parti Londonning "Arsenal" klubiga ko'chib o'tgandi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi bunga qadar "Peskara" va "Sampdoriya" jamoalarida ham to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com