"Atletiko" 55 mln evrolik transferni amalga oshirishga yaqin

Alisher Ostonov
16 may 2025
"Atletiko" yarim himoyachi Aleks Baena transferi bo'yicha "Vilyarreal" bilan kelishib oldi.

Manbaga ko'ra, bitim qiymati 55 million evroni tashkil qiladi.

23 yoshli ispaniyalik joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 10ta golga hammualliflik qilgan. 

Transfermarkt portali futbolchining bozor narxini 50 million evroga baholamoqda.



Alisher OstonovMuallif
Manba: El Chiringuito